Yaponiyada yuk samolyotini chaqmoq urdi

23:36 27 Iyul 2020 Dunyo
1611 0

Cargo Airlines aviakompaniyasining yuk samolyoti Tokioning Narita aeroportiga favqulodda vaziyatda qoʻndi.

Voqea yakshanba oqshomida yuz bergan. Boing 747 Naritadan Alyaskadagi Ankorij shahriga yoʻl olgan edi.

Samolyot uchgandan keyin taxminan 20 daqiqa oʻtgach, 6700 m balandlikda havo laynerini chaqmoq urdi. Natijada uchuvchilar ortga qaytishga majbur boʻldi.

Hodisa natijasida beshta ekipaj aʼzolaridan hech biri jabrlanmagan. Hozirda mexaniklar samolyotning shikastlangan qismini tekshirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер