Yaponiyada taxt vorisi eʼlon qilindi
Shahzoda Akisino rasman Yaponiya imperatorlik taxtining vorisi boʻldi.
Uning eʼlon qilinishiga bagʻishlangan marosim 15 daqiqa davom etdi.
Taʼkidlanishicha, aslida, marosim joriy yilning aprel oyida yuzlab mehmonlar ishtirokida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan. Ammo pandemiya sababli tadbir qoldirilgan.
Anʼanaga koʻra, Yaponiyada taxtiga faqat erkak kishi oʻtirishi mumkin. 54 yoshli Akisino esa taxtga daʼvogarlar orasida birinchiga aylangan.
Akisino imperatorlar oilasi anʼanalardan voz kechishdan qoʻrqmagan holda zamonaviy haqiqatlarga moslasha olishi kerak degan bayonotlari bilan tanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring