Yaponiyada tayfun tufayli 100dan ortiq reyslar bekor qilindi
Yaponiya aviakompaniyalari mamlakat janubidagi tayfun tufayli 119 ta ichki reysni toʻxtatdi. Bu haqda NHK telekanali xabar qilmoqda.
Telekanalning xabar qilishicha, parvozlar jadvalidagi oʻzgarishlar asosan Yaponiyaning janubidagi Kagosima va Okinava prefekturalari aeroportlari bilan bogʻliq. Bundan tashqari, kuchli shamol tufayli binolarning qulashi natijasida kamida sakkiz kishi jarohat olgan.
Telekanal maʼlumotlariga koʻra, tayfun mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan Kyusyu oroliga yaqinlashdi. Orolda joylashgan Nagasaki prefekturasi rasmiylari 20 mingga yaqin mahalliy aholini evakuatsiya qilishga buyruq bergan.
Bundan tashqari, janubi-gʻarbiy Oita prefekturasining 70 mingga yaqin aholisi evakuatsiya qilinadi.
Ayni paytda tayfun Xitoyga yaqinlashmoqda. Uning markaziy qismida shamol tezligi soniyasiga 45 metrga yetadi. Bu 2020-yilda Tinch okeanida sodir boʻlgan toʻqqizinchi tayfun.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring