Yaponiya terma jamoasi chempion
Kecha, 22-mart kuni Avstraliya mamlakatda ayollar terma jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati musobaqasining final oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda Yaponiya terma jamoasi mezbon Avstraliya bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida “kunchiqar yurti“ vakillarining gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga “Tottenxem” klubi futbolchisi Mayka Xamano mualliflik qildi.
Taʼkidlash kerakki, bu Yaponiya terma jamoasining uchinchi chempionligi hisoblanadi. Jamoa bungacha 2014 va 2018-yillarda ham ushbu musobaqa gʻolibiga aylangan edi.
Maʼlumot uchun, ushbu musobaqada Kotrina Kulbite boshqaruvidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi va oʻz tarixida birinchi marotaba chorak final bosqichida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring