Yaponiya 2024-yil uchun rekord darajadagi harbiy byudjet tayyorladi

00:23 17 Dekabr 2023 Dunyo
753 0

Foto: Reuters

Yaponiya hukumati 2024-yil uchun 7,7 trillion iyena (53 milliard dollar) miqdoridagi harbiy byudjetni tasdiqlashni rejalashtirmoqda. Bu mamlakat tarixidagi rekord koʻrsatkich hisoblanadi.

Mudofaa uchun soʻralgan mablagʻ 2023-yil uchun byudjetdan sezilarli darajada oshadi – u 6,8 trillion iyenani (46,9 milliard dollar) tashkil etdi. Tokio 2027-yilga borib mudofaa xarajatlarini 43 trillion iyenaga (hozirgi kurs boʻyicha 296 milliard dollar) yetkazishni rejalashtirmoqda. Hukumat byudjetni moliyalashtirish manbalari boʻyicha hali qaror qabul qilmagan.

2024-yil oxirigacha Yaponiya oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlarining uch turi – quruqlik, dengiz va havo kuchlarining qoʻshma qoʻmondonligi uchun shtab yaratishni rejalashtirmoqda.

Tokio mudofaa byudjetini oshirishga tayyorgarlik koʻrayotgan bir paytda dunyodagi eng yirik qurol yetkazib beruvchilar oʻzlarining Osiyodagi bizneslarini Yaponiyaga oʻtkazayotgani haqida avval xabar berilgan edi.

Shu yilning iyun oyining oxirida Yaponiya Mudofaa vazirligi yillik hisobotini eʼlon qildi. Unda Rossiya Yevropa xavfsizligi uchun “yagona va bevosita tahdid”ga aylangani haqida gapirdi. Tokio “Rossiyaning tashqi faoliyati, uning harbiy tendensiyalari va Xitoy bilan strategik aloqalari”dan xavotirda. Bundan tashqari, Moskvaning Kuril orollaridagi faolligi xavotirga solmoqda. Mudofaa vazirligi Tokio oʻzining “shimoliy hududlari” deb ataydigan Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomay orollarida Rossiya harbiy texnikasining joylashtirilishidan norozi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер