Yanvar oyida qancha chet el fuqarosi davolanish uchun Oʻzbekistonga kelgan?
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar oyida 520,2 ming nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
2024-yil yanvar oyida Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:
— qarindoshlarni yoʻqlash – 444,1 ming kishi;
— dam olish va sayohat – 46,1 ming kishi;
— xizmat yuzasidan – 11,7 ming kishi;
— tijorat – 9,2 ming kishi;
— davolanish – 7 ming kishi;
— oʻqish maqsadida – 2,1 ming kishi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring