Yangiyoʻl tumanida soliqchilar pora bilan ushlandi

10:51 17 Oktyabr 2023 Jamiyat
464 0

Toshkent viloyati Yangiyoʻl tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori hamda Yangiyoʻl shahar Soliq inspeksiyasi shoʻba boshligʻi oʻzaro til biriktirib, tadbirkorlik subyekti faoliyatida aniqlangan soliq qarzdorligini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilishgan. DXX tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Soliq inspeksiyasi katta inspektori soʻralgan pul mablagʻidan 4500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX tomonidan oʻtkazilgan yana bir tezkor tadbirda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi xodimi qizilmiya ildizini qayta ishlashga ixtisoslashgan xususiy korxonada sodir boʻlgan yongʻin oqibatida vafot etgan 2 nafar ishchining shartnoma asosida qonuniy ishlagani haqida xulosa berish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер