Yangihayot tumanida “Yoshlar daftari jamgʻarmasi” tashkil etildi

11:01 10 May 2021 Iqtisodiyot
997 0

2021-yilning 6-may kuni Yangihayot tuman hokimligining majlislar zalida tumanda yoshlar yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar bilan ishlash tizimi, amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 

Matbuot anjumanida hokim oʻrinbosari tomonidan tumanda yoshlar yoʻnalishida olib borilayotgan va amalga oshirilishi rejalashtirgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

«Yangihayot tuman aholisining 17 553 nafarini yoshlar tashkil etadi. Ularning 7 726 nafari doimiy band boʻlgan, 5 308 nafari rasmiy ishlayotgan, 98 nafari muddatli harbiy xizmatdagi, 32 nafari JIEMlardagi, 2 288 nafari taʼlimdagi va 9 827 nafari uyushmagan yoshlardan iborat.

Tumanda “Yoshlar daftari” boʻyicha ham tizimli ishlar amalga oshirib kelinyapti. Shu paytga qadar “Yoshlar daftari”ga 1 689 nafar yosh kiritilgan boʻlib, ayni paytda ularning 1 295 nafarining bandligi taʼminlandi. Jumladan, ish bilan taʼminlangan yoshlar 226 nafar,
“1+1” dasturi doirasida bandligi taʼminlanganlar 156 nafar, kasb-hunarga oʻqishga yoʻnaltirilganlar 448 nafar, oʻzini-oʻzi band qilgan yoshlar esa 465 nafarni tashkil etadi. Olib borilayotgan ishlar natijasida yoshlarning muammolari hal etilib, hozirgi kunda “Yoshlar daftari”dagi yigit-qizlar soni 1 300 nafarga tushirildi», dedi Mirzohid Kamilov.

Shuningdek, hokimlik Matbuot kotibi Nigina Hakimovaning qayd etishicha, Yangihayot tumani hokimining qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari jamgʻarmasi” tuzilgan. Yozda yoshlar uchun turli festival va tadbirlar oʻtkazilishi kutilmoqda. Undan tashqari tumandagi yoshlarning qiziqishlari va isteʼdodlarini aniqlab olish maqsadida hokimlik tomonidan “Talant shou” tashkil etiladi.

Anjumanda maʼlum qilinishicha, oʻtgan davr mobaynida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning 20 nafariga bir martalik, jami 19 mln. 600 ming soʻm moddiy yordam;

8 nafar yoshga davolanishi uchun 52 mln 492 ming soʻm;

7 nafar yoshlarga oliy oʻquv yurtining shartnoma toʻlovi uchun 17 mln 590 ming 748 soʻm;

2 nafar yoshga noturar joy ijarasi uchun 2 mln 960 ming soʻm;

10 nafar yoshga asbob-uskuna olib berish uchun 9 mln 800 ming soʻm,

jami 102 mln 442 ming 748 soʻm ajratildi. Jamgʻarma hisobidan kelgusida koʻproq yoshlarga koʻmak berish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер