Yangiyerda “Energetika texnoparki” ish boshladi
Ahmadali Shernazarov/“Xalq soʻzi”. Yangiyer shahrida Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri — “Tianjin Sianjin Power Supply Technology” bilan hamkorlikda “Energetika texnoparki” tashkil qilindi.

Ushbu loyiha uchun zarur uskunalar xorijiy investitsiya hisobidan olib kelindi. Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida joylashgan mazkur texnopark mobil telefonlar, mobil hisoblash qurilmalari va mobil uskunalarda qoʻllaniladigan litiy-ion batareyalar (Li-ion) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Texnoparkda ishlab chiqariladigan qurilma va batareyalar ichki bozorda sotilishi bilan birga MDH davlatlariga eksport ham qilinadi.

Ayni paytda institut filialining 10 nafar bitiruvchisi mazkur texnoparkda ish faoliyatini boshladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring