Yangi turar joyda talabalar uchun barcha qulaylik yaratildi

15:59 08 Sentyabr 2025 Jamiyat
214 0

Qashqadaryo viloyatida Shahrisabz davlat pedagogika institut yangi binosi va talabalar uchun turar joy foydalanishga topshirildi. Binoning tantanali ochilishiga bagʻishlangan tadbirda viloyat hokimligi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, faxriy ustozlar, institut professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talabalar turar joyida barcha sharoit yaratilgan boʻlib, jumladan, zamonaviy rusumdagi televizor, sovitkich, kir yuvish mashinasi va gaz plitalari hamda har bir xona yangi yotoq joylar, mebellar bilan jihozlangan.

Taʼkidlash lozimki, Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2019-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda institutda 9541 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 4591 nafari kunduzgi, 4509 nafari sirtqi, 251 nafari kechki taʼlim, magistratura bosqichida 189 nafar talaba oʻqimoqda. Institutda talabalarning sifatli taʼlim olishi uchun zamonaviy jihozlangan oʻquv xonalari, laboratoriya xonalari, IT markaz, Axborot resurs markazi, akseleratsiya markazi mavjud.

Maʼsuma Moʻminova
Shahrisabz davlat pedagogika instituti dotsenti

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер