Yangi tashabbusda saxovat va koʻmak mujassam

15:34 28 Aprel 2020 Jamiyat
1498 0

Oliy Majlis Senati aʼzosi, Qashqadaryo viloyati hokimi sifatida aytishim mumkinki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati xalqimizning bir-biriga boʻlgan eʼtiborini yana-da kuchaytirib borayotir.

Qashqadaryo viloyatida sinovli kunlarda xalq dardi bilan yashaydigan tadbirkor va ishbilarmonlar, klaster va qoʻshma korxonalar ham bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlamoqda.

Misol tariqasida bugungi kunda tadbirkorlar oʻz xohishi bilan 100 ta oilani uch oy davomida zarur oziq-ovqat mahsulotlari, eng muhimi, ish bilan taʼminlash istagini bildirmoqda. Qolaversa, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga xayriya sifatida mablagʻ oʻtkazishmoqda. Oʻz navbatida, Yurtboshimizning tadbirkorlar uchun yaratib bergan 6 oydan ziyod imtiyozlar vaqti ular uchun juda yengillik boʻlganligini ham taʼkidlash joiz.

Shunday boʻlsa-da, tashabbus koʻrsatib aholiga koʻmak koʻrsatayotgan ishbilarmonlarni alohida eʼtirof etish maqsadga mufofiq. Albatta, ular har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi. Kuni kecha viloyatimizda “saxovat kitobcha”sini tashkil etilib, yigirmaga yaqin tadbirkorning roʻyxati shakllantirilgani bu boradagi ishlarning amaliy ifodasi boʻlmoqda, desak mubolagʻa emas.

Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish kabi fazilatlar xalqimizning yuragida, qalbida azaldan mujassam. Shunday ekan, saxovatli insonlarimizning oʻz tashabbusi bilan xalqimizga qilayotgan yordamlari bardavom boʻlishiga ishonaman.

Zoyir MIRZAYEV,
Oliy Majlis Senati aʼzosi,
Qashqadaryo viloyati hokimi.

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер