Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson, jamiyat va davlat rivojining garovi

11:36 07 Dekabr 2023 Jamiyat
217 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson, jamiyat va davlat rivojining garovi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Konstitutsiyaga kiritilgan asosiy oʻzgarishlarning har biriga alohida-alohida toʻxtalib oʻtildi, fikr almashildi. Xususan, Qonunchilik palatasi va Senatning vakolatlari sezilarli darajada kengayib, ikki palata ishidagi takrorlanishlar bartaraf etilganligi, har birining masʼuliyat sohasi aniq belgilanganligi masalasi ish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya sudlar tizimi faoliyatiga ham yangicha mazmun olib kirganligi, yaʼni endilikda Konstitutsiyaviy sud sudyalarini qayta saylanish huquqisiz 10 yilga saylash tartibi belgilanganligi, Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha vositalaridan foydalanib boʻlingan boʻlsa, sudda koʻrib chiqilishi tugallangan muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi toʻgʻrisidagi shikoyat bilan murojaat qilishga haqli ekanligiga oid maxsus norma oʻrnatilganligi fuqarolarga oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli himoya qilishga zamin yaratishi eʼtirof etildi.

Davra suhbatida soʻzga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi Oʻzbekistonni qurish gʻoyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirganligi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, uni ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, jamiyatni yanada taraqqiy ettirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari toʻlaqonli taʼminlanishiga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер