Yangi shtammlar xavfi: Koronavirusga qarshi vaksina uch dozali boʻlishi mumkin
AQSHning “Pfizer” va Germaniyaning “BioNTech” farmatsevtika kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi sinovlarini boshladi.
“Pfizer” va “BioNTech” “SARS-CoV-2”ning yangi shtammlaridan kelib chiqib ”Covid-19“ga qarshi immunitetini oshiruvchi vositaning taʼsirini aniqlash maqsadida BNT162b2 vaksinasining uchinchi dozasining samaradorligi va inyeksiya xavfsizligini aniqlash uchun sinovlar boshlanganini eʼlon qiladi”, deyiladi kompaniya tomonidan tarqatilgan xabarda.
Sinovlarda 144 kishi jalb etilgan. Ular ikki guruhga boʻlinadi: 18 yoshdan 55 yoshgacha va 65 yoshdan 85 yoshgacha.
Taʼkidlanishicha, yangi tadqiqot “Covid-19”ning yangi mutatsiyalariga qarshi kurashda emlashning taʼsirini oʻrganishga yordam beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring