Yangi Oʻzbekiston universitetiga imtihonlar sentyabrning boshida oʻtkaziladi
Ushbu universitetga kirish imtihonlari qachon boʻlib oʻtishi va oʻquv jarayoni qayerda boʻlishi maʼlum boʻldi. Bu haqda “Xalq soʻzi” muxbiri Shahnoza TOʻRAMURODOVA xabar berdi.
Yangi Oʻzbekiston universitetini tashkil etish departamenti boshligʻi Samariddin Shamsiyevning taʼkidlashicha, Yangi Oʻzbekiston universitetiga imtihonlar sentyabr oyining boshida oʻtkaziladi. Oʻquv jarayoni oktyabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetining binosida boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring