Yangi Oʻzbekiston strategiyasida maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimlaridagi vazifalar maʼlum qilindi
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi Oʻzbekiston strategiyasida maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimlaridagi vazifalar quyidagilardan iborat :
- maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasi, hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi;
- maktab taʼlimi tizimi uchun oʻquv dasturlari va darsliklar ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta ishlanib, 2026-yilga qadar amalda joriy etiladi;
- oliy taʼlimga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga asosiy eʼtibor taʼlim sifatini oshirishga qaratiladi.2026-yilga qadar kamida 10 ta oliygoh nufuzli xalqaro reytinglarga kiritiladi;
- talabalarning yashash sharoitini yaxshilash uchun kelgusi besh yilda qariyb 100 ming oʻrinli talabalar yotoqxonalari barpo etiladi;
- oliy taʼlimda raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026-yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.
- doktoranturaga qabul davlat buyurtmasi hamda manfaatdor tashkilotlar mablagʻlari hisobidan toʻlov-grant asosida joriy etiladi.
- olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha har ikki yilda oʻtkaziladigan umumrespublika sport oʻyinlari – Milliy olimpiada tizimi joriy etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring