“Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga olib boruvchi yoʻlda transport harakati 3 kunga cheklanadi

12:18 30 Avgust 2021 Jamiyat
1851 0

Foto: Telegram / “Nasimov. Stolik c vidom na planet”

Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilishi sababli ushbu bogʻga olib boruvchi yoʻlda transport harakati cheklanadi.

YHXBB matbuot xizmati xabariga koʻra, 31-avgust hamda 1—2-sentyabr kunlari mazkur bogʻ atrofida, Temur Malik hamda Ohangaron shohkoʻchalari kesishmasidan boshlab Maxtumquli—Istiqlol avtomobil yoʻli boʻylab 4R-12 Bektemir—Chorbogʻ avtomobil yoʻligacha boʻlgan masofada transport vositalari harakati cheklanadi.

Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga boshqa aylanma yoʻllardan foydalanish tavsiya etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер