Yangi oʻquv yili oldidan qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi
2023-2024-yil oʼquv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni oʼz vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yoʼnalishlarda qoʼshimcha avtobus qatnovlari yoʼlga qoʼyildi:
- Urganch-Toshkent;
- Xiva-Toshkent;
- Buxoro-Toshkent;
- Toshkent-Gʻijduvon;
- Toshkent-Qorakoʻl;
- Toshkent-Shofirkon.
Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentyabr kuniga qadar qoʻshimcha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.
Avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekatidagi chiptaxonadan yoki elektron (https://avtoticket.uz/) tarzda xarid qilish mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring