Yangi markazda tugʻma hamda irsiy kasalliklar erta prenatal va neonatal davrda aniqlanadi

14:46 04 Yanvar 2024 Jamiyat
353 0

Prezidentimizning “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi:

respublika, hududiy tibbiyot muassasalari hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida homilador ayollar va yangi tugʻilgan bolalar skriningi, shuningdek, reproduktiv yoshdagi aholi orasida ekstragenital, tugʻma va irsiy kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash amaliyotlarini joriy etadi;

akusherlik-ginekologiya, tibbiy-genetik maslahat, sogʻlom oilani rejalashtirish, molekulyar-genetik tekshiruv, plastik va estetik ginekologiya, yordamchi reproduktiv texnologiyalar xizmatlarini tashkil etadi va ushbu yoʻnalishdagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

reproduktiv yoshdagi aholi, homilador ayollar va yangi tugʻilgan bolalarga malakali tibbiy xizmat koʻrsata oladigan kadrlar tayyorlash hamda qayta tayyorlashda ishtirok etadi;

reproduktiv yoshdagi aholi, homilador ayollar, yangi tugʻilgan bolalar kasalliklari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanish va tadqiqotlar olib borish, ularning natijalarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

oʻsmirlar orasida reproduktiv aʼzolar patologiyasining oldini olish boʻyicha tibbiy-profilaktika tadbirlarini tashkil etadi;

xorijiy ilmiy-tadqiqot tibbiyot markazlari, klinikalar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshiradi;

sogʻlom oilani shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishda ilgʻor usullar va texnologiyalarni yoʻlga qoʻyish, tugʻma hamda irsiy kasalliklarni erta prenatal va neonatal davrda aniqlash, bolalar oʻlimi va tugʻma nogironlikning oldini olish choralarini koʻradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер