Yangi markaz nima bilan shugʻullanadi?
Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, A.Yassaviy mahallasi hududida ochilgan «Agroxizmatlar» markazining asosiy vazifasi qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yana-da rivojlantirishdan iboratdir.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. Xaitov faoliyati bilan tanishdi. Qayd etildiki, markaz bundan buyon qishloq xoʻjaligi sohasida ekinlar urugʻlariga buyurtma qabul qilib, ularni tayyorlash, qayta ishlash hamda saqlash boʻyicha talablarga rioya qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydi.
Kartoshka va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari hosili hamda ularning urugʻlari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, ularning sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligi kamaytirilishi yuzasidan metodik tomondan yordamlashadi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urugʻ hamda koʻchatlarining sifatini aniqlash ishlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, bu yerda fermer xoʻjaliklariga yerlaridan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi meʼyorlarini ilmiy jihatdan belgilab beriladi, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qiladi va tegishli maslahatlarni berilishini tashkil etadi. Bunda, oʻquv jarayonlarni zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etadi, iqtisodiy – huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida fermerchilikni rivojlantirishga oid oʻquv kurslarini tashkillashtiradi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash ishlarini amalga oshiradi.
Urugʻchilik sohasiga jahon yutuqlarini tatbiq etish, urugʻlar sifatini jahon standartlari darajasiga chiqarish ishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Dehqonchilikda agrotexnologiyalarning ilgʻor usullarini joriy etishda koʻmaklashadi.
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish, sohalarni rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda ishtirok etadi.
Qishloq aholisining daromadlarini va turmush darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan kichik biznesni, tadbirkorlikni, kasanachilikni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, chorvachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, chuqur qayta ishlashda amaliy yordam beradi.
Qishloq xoʻjaligiga taalluqli muammoli masalalarni hal etish hamda fermerchilik harakatini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring