Yangi yil arafasida Toshkent metrosining jadvali maʼlum boʻldi
“Toshkent metropoliteni” yangi yil va bayram kunlari metropolitenning harakatlanish jadvalini eʼlon qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar 01:00 gacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan 4-yanvargacha Toshkent metrosi yakshanba kungi poyezdlar jadvali boʻyicha ishlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring