Yangi avlod muhandislari va ilg‘or texnologiyalar
Shu kunlarda “Yangi avlod muhandislari — yangi davr texnologiyalari” shiori ostida “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu festival kelajakni bugundan yaratadigan ijodkor yoshlar uchun innovatsion platforma bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Toshkentdagi “INNO” texnoparkda festival doirasida 3D modellashtirish musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda oliy ta’lim muassasasalari talabalari va erkin amaliyotchilardan tarkib topgan 270 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
3D modellashtish yo‘nalishiga qiziquvchi yoshlarni muhandislik sohalariga jalb qilishga qaratilgan mazkur musobaqa ularning texnik va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda kelajakda mamlakatimiz innovatsion salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring