Yana bir davlatda favqulodda holat muddati uzaytirildi

22:24 14 Iyul 2020 Dunyo
821 0

Armaniston hukumatining qarori bilan mart oyida koronavirus tufayli joriy qilingan favqulodda holat yana bir oyga uzaytirildi.

13-iyul, dushanba kuni Armaniston hukumatining favqulodda yigʻilishi boʻlib oʻtdi, yigʻilishda favqulodda holat rejimini yana bir oyga – 12-avgustgacha uzaytirish haqida qaror qabul qilindi. Favqulodda holat rejimini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarordan maqsad mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi samarali mexanizmlarni taqdim etishdir..Chunki mamlakatda virus tarqalishi keng koʻlamda davom etmoqda.

Armaniston Sogʻliqni saqlash vazirligining Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish milliy markazi maʼlumotlariga koʻra, 13-iyul kuni Armanistonda 32 151 koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, shundan 19 865 nafar bemor davolanib chiqqan, 11 530 bemor davolanmoqda, 573 kishi vafot etgan.

Armanistonda 16-mart kuni koronavirus infeksiyasi tufayli bir oylik favqulodda holat eʼlon qilindi, 13-aprelda Armaniston hukumati favqulodda holat rejimini 14-maygacha, keyin ikki marta bir oy muddat bilan - 13-iyun va 13-iyulgacha uzaytirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер