Yana bir davlat koronavirusni jilovlaganini maʼlum boʻldi

17:31 26 Aprel 2020 Dunyo
1595 0

Foto: esquire.ru

Gonkongda bir hafta ichida uchinchi marta koronavirusning yangi holatlari aniqlanmadi. Jumladan, soʻnggi 24 soat ichida bu yerda koronavirus yuqtirilgan holat qayd etilmagan.

Bu haqda RTHK radiostansiyasi mamlakat sogʻliqni saqlash tashkilotlari maʼlumotiga tayanib xabar tarqatdi. Oʻtgan dushanba va juma kunlari ham infeksiyaning yangi holatlari qayd etilmagan.

Umuman olganda, soʻnggi ikki hafta ichida mamlakatda faqat bir nechta alohida holatda infeksiyani yuqtirganlar qayd etildi. Masalan, shanba kuni Buyuk Britaniyadan qaytgan yoʻlovchilarning ikki nafarida virus aniqlangan.

Gonkongda ushbu virusni 1037 nafar kishi yuqtirib olgan. Kasallik bilan bogʻliq toʻrtta oʻlim holati qayd etilgan.

Hukumat agar ushbu tendensiya davom etsa, ikki hafta ichida cheklov choralari yumshatilishini bildirgan. Epidemiologik xavf tufayli Gonkongda maktablar, sayyohlik va madaniy obyektlar, barlar, klublar, sport zallari yopilgan, ommaviy tadbirlar bekor qilingan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер