“Yallama” postida “elektron navbat” tizimi joriy etildi
Toshkent viloyatidagi “Yallama” chegara bojxona postida qulayliklarni kengaytirish maqsadida “elektron navbat” tizimi joriy etildi. Buning uchun bojxona postiga yondosh hududda zarur infratuzilma yaratildi.
— Navbatning raqamlashtirilishi orqali chegaradan oʻtish jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, shuningdek, jismoniy shaxslar, tovar va transport vositalarining harakatini yanada tartibga solishga erishiladi, — deydi Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Nargiza Zuhurova. — Shuningdek, chegara oʻtkazish punktlari oldida transport vositalari tirbandligi kamaytirilib, haydovchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Kechadan boshlab amaliyotga toʻliq joriy etilgan “elektron navbat” raqamlashtirilgan axborot tizimi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 44-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirildi. Qarorga asosan, Toshkent viloyatidagi “Yallama” chegara bojxona postidan tashqari yana bir nechta postlarda mazkur tizim birinchi navbatda joriy etilishi koʻzda tutilgan edi.
Otabek ISROILOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring