Yaxshilar bogʻ yaratadi
Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida bogʻ yaratildi. Bir yil avval ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlar kesilib, tabiatga ziyon yetkazilyapti, degan mazmundagi asossiz xabarlar tarqalgan, bu jamoatchilik oʻrtasida keng muhokamaga sabab boʻlgandi.
Bu soʻlim maskan tunmandagi Tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi yonida joylashgan. Qariyb 1 gektar hududda yaratilgan yashil hudud “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etildi. Bunday xayrli ishlar viloyatimiz boʻylab qizgʻin davom etmoqda. Bu nafaqat atrof-muhitni asrash, balki xalqimizning qadim qadriyatlarini davom ettirish hamdir. Zotan, yaxshilar bogʻ yaratajakdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring