Xo‘jaobod tumani prokurori o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi

11:36 07 Noyabr 2023 Jamiyat
194 0

Videodan kadr

Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman prokuraturasi tergovchisi tuman ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 228-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik va tergov harakatlari davomida yengillik yaratib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini umumiy ovqatlanish maskanida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergov jarayonida tergovchiga ushbu pullarni olish bo‘yicha ko‘rsatmani tuman prokurori o‘rinbosari berganligi to‘liq isbotlanib, u ham qamoqqa olindi. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер