“Xiaomi” avtomobil ishlab chiqarishga tayyorgarlik koʻrmoqda — OAV 

13:00 24 Fevral 2021 Dunyo
1027 0

Foto: Fotodom

Smartfonlar va boshqa “aqlli” qurilmalar yaratish borasida tobora mavqeyini mustahkamlab borayotgan Xitoyning "Xiaomi" korporatsiya yaqin yillarda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda mahalliy "Donews" nashri xabar bermoqda.

Korporatsiyadagi bir nechta manbalarning taʼkidlashicha, “Xiaomi” top-menejerlari avtomobil bozoriga kirish imkoniyatlarini oʻrganishni boshlagan. 

Insayderlar esa korporatsiya hali oʻz avtomobilini yaratish boʻyicha aniq rejaga ega emasligini, ammo yaqin kelajakda loyiha haqida batafsil maʼlumot paydo boʻlishi mumkinligini istisno qilishmayapti.

Shuningdek, loyihani toʻgʻridan-toʻgʻri kompaniya asoschisi Ley Jun nazorat qilishi aytilmoqda. 

OAV vakillari ushbu yangilikka izoh olish uchun “Xiaomi” vakili bilan bogʻlanishgan va kompaniya tomonidan ushbu soʻrovga keyinroq javob berilishi aytilgan.

“Xiaomi” top-menejerlariga yaqin boʻlgan yana bir manbaning aytishicha, u bunday rejalar haqida eshitgan. Ammo korporatsiya yaqin yillarda avtomobil taqdim etishga qiziqish bildirmagan. Suhbatdoshning taʼkidlashicha, kompaniyaning smartfonlar bozorida ulushi katta, shuning uchun ushbu segmentni rivojlantirish vazifasi ustuvor hisoblanadi. Shu bilan birga, suhbatdosh “Xiaomi”ning yangi bozorga chiqish imkoniyatini mavjudligini taʼkidlagan holda, bu 2025-yilgacha amalga oshishini aytgan.

Investorlar Xitoy korporatsiyasining avtomobil bozoriga qiziqishi haqidagi yangiliklarni yuqori baholadilar. Gonkong fond birjasida “Xiaomi”ning aksiyalari 6,424 foizga oʻsdi.

2020-yil oxirida AQSHning “Apple” korporatsiyasi avtomobil bozoriga kirishi haqida mish-mishlar paydo boʻlgan edi. Keyinroq "Hyundai" va “Nissan“ avtomobilsozlik kompaniyalari ”Apple” bilan elektromobil yaratish boʻyicha muzokara olib borgani va AQSH korporatsiyasi hamkorlik qilishdan bosh tortgani maʼlum boʻlgan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер