Voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi

10:55 01 Iyul 2020 Hujjatlar
986 0

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qonun bilan kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, jumladan, voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi.

Mahkuma ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.

Jumladan, mahkuma ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida 4-marta muddati 5 sutkagacha boʻlgan uzoq muddatli uchrashuv, shuningdek, manzil- koloniyalarda saqlanayotganlarga esa muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.

Shuningdek, mahkumlarni jazo oʻtashi davrida adolatli mezonlar asosida ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tartibi hamda ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash komissiyasining ish faoliyati va ularning aniq vazifalari belgilandi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga ega kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер