Voyaga yetmagan haydovchi uch nafar ayolni urib ketdi va bir insonning hayotiga zomin boʻldi
28-iyun kuni soat 12:10 larda Norin tumanida yashovchi, 2004-yilda tugʻilgan, tumandagi 15-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi, birga yashovchi onasining nomida boʻlgan «Damas» rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini taʼminlay olmay, oʻzidan oldinda ketayotgan piyodalar, Norin tumanida yashovchi, 1982-yilda tugʻilgan, 1976-yilda tugʻilgan, 1977-yilda tugʻilgan uch nafar ayollarni urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Natijada, piyodalar ogʻir tan jarohati olib, bir nafari voqea joyida vafot etgan. Ikki nafari turli xil darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.
Ushbu holat boʻyicha tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan 28-iyun kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring