Vodiy va vohada qalbaki alkogol mahsulotlar savdosining oldi olindi

23:24 12 Iyun 2024 Jamiyat
493 0

Foto: Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament Qashqadaryo, Namangan va Fargʻona viloyatlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdosiga chek qoʻydi. Bu haqda Departament axborot xizmati maʼlum qildi.

Margʻilon shaharidagi tezkor tadbirda Ш.Б. MCHJ rahbari Ф.Х. spirtli ichimliklar savdo doʻkonida 9 turdagi jami 495 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qoʻyganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Г.Б. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Qamashi tumani «Sarbozor» MFY hududida jami 100 dona «Yangi Shahrisabz» nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini fuqaro Т.Т.га 1,8 million soʻmga sotayotgan vaqtda ushlanib, undan 21 turdagi jami 305 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Fargʻonada oʻtkazilgan tezkor tadbirda savdo doʻkoni sotuvchisi Д.Х. hech qanday hujjatsiz «Juravli» nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu doʻkondan 13 xil turdagi jami 230 dona alkogol mahsulotlari musodara qilingan. «Yulduz» MFYdagi xonadonda yashovchi О.А. ham (muqaddam sudlangan) oʻz uyida yashirin sex tashkil etib, fuqaro А.А.га qoʻlbola usulda tayyorlangan isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlangan. Ushbu xonadondan 69,2 litr spirt va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер