Vladimir Norov Sloveniya Bosh vaziri oʼrinbosari, Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

14:02 02 Dekabr 2022 Siyosat
476 0

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2022-yil 1-dekabr kuni Lodz shahrida boʼlib oʼtayotgan YEXHT Vazirlar kengashining 29-majlisi doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Sloveniya Bosh vaziri oʼrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Tanya Anna Fayon bilan uchrashdi.

Muloqotda oʼzaro manfaatli barcha yoʼnalishlarda davlatlararo hamkorlikni, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Boʼlajak muloqotlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, Sloveniya Tashqi ishlar vazirining 2023-yilda Oʼzbekistonga rejalashtirilgan tashrifi koʼrib chiqildi.

Vazirlar keng doiradagi masalalarni muhokama qilish imkonini beruvchi TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar amaliyotini davom ettirish zarurligini qayd etdilar.

Taʼkidlanganidek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy soha ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yoʼnalishi hisoblanadi. Tomonlar elektronika, farmatsevtika va kimyo, metallurgiya sanoati sohalarida investitsiyaviy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Muzokaralarda, shuningdek, dolzarb mintaqaviy masalalar, xususan, Afgʼonistondagi mavjud vaziyat muhokama qilindi.

Sloveniya tomoniga Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afgʼoniston hukumati bilan tomonlarning majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini shakllantirish tashabbusi haqida maʼlumot berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер