Vladimir Norov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi

21:41 25 Noyabr 2022 Siyosat
787 0

2022-yil 25-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi tomonlarning oʻzaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi.

Turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi koʻrib chiqildi.

Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xoʻjaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri O.Malginovga millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер