Vladimir Norov Qozogʻiston elchisi Darxon Satibaldini qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Qozogʻiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxon Satibaldini qabul qildi.
Suhbat davomida Elchining Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga qoʻshgan hissasi eʼtirof etildi.
D.Satibaldini Turkiston viloyati Akim lavozimiga tayinlangani bilan tabriklab, V.Norov unga kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tomonlar turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
D.Satibaldi Oʻzbekistondagi faoliyati davomida mamlakatni tubdan oʻzgartirib, xalq farovonligi yuksalishiga xizmat qilgan jadal oʻzgarishlarga guvoh boʻlganini taʼkidladi.
Elchi Oʻzbekiston tomoniga diplomatik faoliyatini amalga oshirishda qoʻllab-quvvatlagani va yaratilgan sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. D.Satibaldi doimo Oʻzbekistonning doʻsti boʻlib qolishiga hamda Oʻzbekiston-Qozogʻiston aloqalarini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring