Vladimir Norov Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlotni qabul qildi.
Muloqot chogʻida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qishloq xoʻjaligi, yengil sanoat, innovatsiyalar, energetika, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish kabi yoʻnalishlardagi aloqalarni kengaytirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Elchi Buyuk Britaniya hukumati mamlakatimizda soʻngi yillarda jamiyatning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab quvvatlashini taʼkidladi.
Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Buyuk Britaniya hukumatining tomonidan Afgʻoniston mavzusi boʻyicha Oʻzbekiston tomoni bilan ikki tomonlama maslahatlashuvlarni davom ettirishdan manfaatdorligi maʼlum qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring