Vladimir Norov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiyaga tashrif buyuradi
Foto: Arxiv surat
2022-yil 11-12-iyul kunlari tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida Rossiya parlamenti, Tashqi ishlar vazirligi va boshqa idoralarda qator uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, dasturda rossiyalik ekspertlar, vatandoshlar, oʻzbek diasporasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati uyushtirilishi ham koʻzda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring