Vladimir Norov BMT Bosh assambleyasida nutq soʻzlaydi
Foto: Arxiv surat
2022-yil 19—24-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Nyu-York shahrida tashrif bilan boʻladi.
Vladimir Norov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining Umumiy munozaralarida nutq soʻzlaydi.
Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi qator ikki tomonlama uchrashuvlarni oʻtkazadi hamda koʻp tomonlama tadbirlarda ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring