Virusolog koronavirusning “delta” shtammini simptomlarsiz tashuvchilar toifasini ochiqladi
Foto: m24.ru
“COVID-19”ning “delta” shtammi kuchli tugʻma immunitetga ega yoki ilgari virusning boshqa variantlar bilan zararlangan odamlarda simptomlarsiz boʻlishi mumkin. Bu haqda rossiyalik Maksim Skulachev aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, ommaviy tekshiruvlar oʻtkazilmagani uchun simptomlarsiz bemorlarning aniq sonini aytish qiyin. Koronavirusni yuqtiruvchilarning taxminan 25 foizida kasallik alomatlari kuzatilmaydi.
Avvalroq tibbiyot fanlari doktori, professor va virusolog Anatoliy Altshteyn mahalliy tibbiyot “COVID-19”ning yangi AY.4.2 shtammi bilan “uchrashish”ga tayyorligini aytgan edi.
Virusologning soʻzlariga koʻra, hozircha Rossiya vaksinalarining koronavirusning yangi mutatsiyasiga qarshi qanchalik samarali ekanligi haqida maʼlumot yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring