Viloyat shifoxonalari ham elektron yoʻllanma tizimiga ulanadi
Ixtisoslashgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish talabiga javob beradigan tizim hali yaratilmagani koʻrsatib oʻtildi.
Soʻnggi yillarda bepul davolanish uchun orderdan voz kechildi. Mablagʻni muassasadagi oʻrinlar soniga emas, bemorlar soniga qarab ajratish tizimi yaratildi.
Lekin, haligacha bemorlarda tanlash huquqi yoʻq. Bundan tashqari, viloyat shifoxonalariga yoʻllanma olish haligacha raqamlashmagan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning Loyiha ofisiga viloyat shifoxonalarini ham elektron yoʻllanma tizimiga ulash, bu tizimda xususiy klinikalar ishtiroki mezonlarini ishlab chiqish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring