Viloyat import tarkibi va hajmi ortib bormoqda
Toshkent viloyatining import hajmi joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 2 836,6 million AQSH dollarni tashkil etdi. Yaʼni, 2022-yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 115,1 % ga yetdi.
Import tarkibida eng katta ulush tashkil qilgan yoʻnalishlar mavjud.
Shu jumladan:
mashinalar va transport asbob-uskunalari 30,8 %;
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar 17,1 %;
nooziq-ovqat xomashyosi (yoqilgʻidan tashqari) 14,1 %;
sanoat tovarlari 16,0 %;
kimyoviy vositalar va shu kabi mahsulotlar 10,2 % hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring