Vyetnamda birinchi marta metro liniyasi ochildi

20:52 07 Noyabr 2021 Dunyo
1329 0

Vyetnamda oʻn yil davom etgan qurilishdan soʻng birinchi metro liniyasi ochildi.

Vyetnam poytaxti Xanoy shahrida oʻn yil davom etgan qurilishdan soʻng shanba kuni birinchi metro liniyasi ishlay boshladi, deb xabar beradi VnExpress.

Metro poyezdlari yer ustidagi uzunligi 13 kilometrli estakadada harakatlanadi. Safar davomi 12ta stansiyadagi toʻxtab oʻtishlar bilan birga jami 23 minutni tashkil etadi.

Dastlabki 15 kun yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatiladi.

Yana ikkita liniya qurilishi rejalashtirilgan. Metroning ishga tushishidan poytaxt yoʻllaridagi tirbandliklarga barham berilishi kutiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер