Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi, deb xabar bermoqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati.
Maʻlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Boboyev Faxriddin Atoyevich Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.
Faxriddin Boboyev Vazirlar Mahkamasi mutaxassisi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisi va boshqa bir qator masʼul vazifalarda ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring