Veolia Energy Tashkent kompaniyasi mahalliy qozonxonalarga mobil generatorlar o‘rnatdi
Jami korxona tomonidan Toshkent shahrida mahalliy qozonxonalar ehtiyojlari uchun 31 ta generator o‘rnatildi.
Generatorlar issiqlik energiyasini ishlab chiqaradigan kompaniyaning mahalliy qozonxonalarini ishlashini ta'minlash uchun mo'ljallangan. Ushbu generatorlar elektr ta'minoti uzilishi vaqtida qozon uskunasining uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.
Shuningdek, bugun Veolia Energy Tashkent kompaniyasi tomonidan elektr ta’minotida uzilish yuz bergan Olmazor tumanidagi 1 va 111-maktablarni issiqlik bilan ta’minlovchi mahalliy qozonxonalarga umumiy quvvati 210 kVt bo‘lgan 2 ta generator o‘rnatildi.
Bundan tashqari, har bir kompaniyaning tuman bo‘limida elektr ta’minoti uzilib qolganda tezkor harakat qilish uchun zaxira generatori mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring