“Vengriya Fanlar Akademiyasi toʻplamida Oʻzbekiston madaniy merosi” nomli hujjatli film tasvirga olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyrugʻiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKda “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” turkumi ostida “Vengriya Fanlar Akademiyasi toʻplamida Oʻzbekiston madaniy merosi” nomli hujjatli filmi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorlikda suratga olindi.
Filmni suratga olish ishlari Oʻzbekistonda va Vengriya shahrining tarixiy koʻchalarida, Vengriya Fanlar Akademiyasida, Qoʻlyozmalar kutubxonasi axborot markazida amalga oshirildi. Ayni kunlarda ushbu hujjatli film montaj jarayonlarida
Ijodiy guruh:
Ssenariy muallifi va rejissyor — Shaxnoza Gʻaniyeva
Rejissyor assistenti — Kamilla Binyatova
Operator — Aleksey Venzos
Operator — Axrorjon Abduhakimov
Kartina direktori — Gulnora Abdurahimova.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring