Vengriya elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

12:46 21 Iyul 2023 Siyosat
361 0

Oʻzbekiston  tashqi ishlar  vaziri Baxtiyor Saidov kecha mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini  yakunlayotgan Vengriya elchisi Dyula Kovachni qabul qildi.

«Vengriya  elchisi Dyula Kovach  janoblariga  mamlakatimizdagi  faoliyati davomida Oʻzbekiston-Vengri ikki tomonlama munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga qoʻshgan  muhim hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirdik,- deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. - Janob elchi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlar ekan, unga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Eslatib oʻtamiz, Dyula Kovach 2021-yil 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. U Toshkentda Vengriya elchixonasini ochgan va unga 2016-2021-yillarda rahbarlik qilgan Peter Santoning oʻrnini egallagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер