Velosiped operatsiyasi fosh etildi

11:48 07 Fevral 2021 Jamiyat
1020 0

Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga muntazam chora tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan «Toshkent-tovar» bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda "Chuqursoy texnik-idora" temir yoʻl chegara bojxona posti orqali Qoʻqon shahrida faoliyat yurituvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan yuk konteyneri belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.

Natijada, yoʻl-yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan ogʻirligi yarim tonnani tashkil etuvchi qiymati salkam 316 mln soʻmlik velosiped shinalari borligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, mazkur tovarlarga 121 mln soʻmdan ortiq qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер