Vazirliklarning axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan oʻtkazilgan monitoring natijalari eʼlon qilindi
Unga koʻra, 2023-yil yanvaridan dekabriga qadar boʻlgan davrda Oʻzbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining 50 ta eng koʻp oʻqiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzilgan.
Reyting koʻrsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari toʻgʻrisida chop etilgan maqolalar va koʻrishlar soni, shuningdek, tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
Monitoring natijalariga koʻra, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari faoliyati axborot jihatdan ochiqlik talablariga mos kelgan holda yuqori oʻrinlarni egallagan, Transport, Togʻ-kon sanoati va geologiya hamda Madaniyat vazirliklari esa eng quyi koʻrsatkichlarni qayd etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring