Vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan
Foto: president.uz
Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Yigʻilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish koʻlamini yanada oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, vazirliklarning 5 mingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan.
Elektr energiyasi isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimining (EHNAT) 160 dan ortiq funksiyasi boʻlsada, hozirda faqat 1-2 tasidan foydalanilyapti, xolos. Jumladan, tuman elektr tarmoqlari korxonalari qayerda avariya boʻlganini faqat aholi murojaati orqali biladi.
Shu kabi masalalar tartibga solinmagani tanqid qilinib, mutasaddilarga EHNAT imkoniyatlarini toʻliq inventarizatsiya qilib, ularni hududlarning elektr balansini shakllantirish, noqonuniy ulanishlar va avariyalarni nazorat qilish, isteʼmolni rejalashtirish kabi yoʻnalishlarda ishlatish topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring