Vazirlik izohi: “Koronavirusdan saqlanish uchun nimalarni bilish kerak?”
Arxiv surat
Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolarni koronavirusdan saqlanishga chaqirdi. Xususan, vazirlik tomonidan bolalar bogʻchasi maʼmuriyati uchun eslatma chop etilgan.
— Spirtli vositalar yordamida bolalar qoʻlini dezinfeksiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni majburiy tartibda yarating.
— Bolalarga qoʻllarni sovun bilan astoydil va tez-tez yuvish, spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanish, ovqatlanishdan oldin hamda hojatxonadan keyin qoʻllarni yuvish, dars va tanaffus paytida spirtli nam salfetkalarda artish zarurligi haqida eslatib turing.
— Bolalarga yuzlarini koʻp qoʻl bilan ushlamaslikni tavsiya eting.
— Bolalar yoʻtalganida, burun qoqqanida va aksirganida ogʻiz bilan burunga dastroʻmol yoki salfetkani tuting. Undan keyin dastroʻmol yoki salfetkani darhol axlatga tashlang va qoʻlni yuving.
— Bolalarga shamollash yoki gripp alomatlariga ega odamlar bilan muloqot yoki yaqin aloqa qilishdan chekinishni ayting (yaqin aloqa deganda bemor bilan ikki metr doirasigacha turish).
— Bolalarda ilk kasallik alomatlari kuzatilganda, uyda qolish va darhol shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiling.
— Bogʻcha bolalaridan birontasi kasallansa, darhol uni izolyatsiya qiling, kasallanish haqida ota-onasiga xabar bering va tez tibbiy yordam chaqiring.
— Bollarga doim ogʻiz va burun uchun moʻljallangan tibbiy niqoblaridan foydalanishni hamda yashash uylari va sinf xonalarini toza havo bilan shamollatishni tavsiya eting.
Ovqat tayyorlayotganda bogʻchaning tegishli xodimlari quyidagi ehtiyot choralariga amal qilishi shart:
— Xom goʻsht va pishirilgan mahsulotlar uchun alohida pichoq va chopish taxtalarini ishlating;
— Pishirilgan mahsulotlar bilan muomala qilishdan oldin xom mahsulotlarni, ayniqsa, goʻsht va sut mahsulotlarini ushlagandan keyin qoʻllarni astoydil yuving;
— Goʻsht mahsulotlarini ovqatga ishlatish sharti shuki, ular yaxshilab qaynatilgan yoki qovurilgan, yaʼni puxta pishirilgan boʻlishi kerak;
— Kasal hayvon yoki kasallik oqibatida oʻlgan hayvon goʻshtini aslo ovqatga ishlatmang;
— Kelib chiqishi hayvonlarga mansub mahsulotlarning xom yoki chala qaynatilganlarini isteʼmol qilishdan chekining. Kesishma zararlanishga yoʻl qoʻymaslik uchun xom goʻsht, sut bilan ehtiyotkor muomala qilish lozim. Sutni yaxshilab qaynating.
Infeksiyadan himoya vositasi sifatida ogʻiz va burun uchun moʻljallangan tibbiy niqobni taqib yurish shartmi?
— Ha. Sizda respirator infeksiya alomatlari kuzatilsa – yoʻtal, nafas olishda qiynalish.
— Ha. Respirator infeksiya alomatlariga ega bemorga qarayotgan boʻlsangiz.
— Ha. Sogʻliqni saqlash tizimi xodimi boʻlib, respirator infeksiya alomatlariga ega bemorlarni borib koʻrsangiz.
— Yoʻq. Respirator infeksiya alomatlariga ega boʻlmagan barcha holatlarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring