Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Oʼzenergoinspeksiya” boshligʼiga oʼrinbosarlar tayinlandi
— Behzod Boxodir oʼgʼli Sobirov — Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (“Oʼzenergoinspeksiya”) boshligʼining neft va gaz masalalari boʼyicha oʼrinbosari etib tayinlandi.
B.Sobirov ushbu tayinlovga qadar “Oʼzenergoinspeksiya”ning Toshkent shahar boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
— Xurshidjon Musajonovich Eshqoʼziyev — Oʼzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʼining elektr energetikasi masalalari boʼyicha oʼrinbosari etib tayinlandi.
X.Eshqoʼziyev ushbu tayinlovga qadar “Oʼzenergoinspeksiya”ning Nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring