Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekistondagi suv havzalarida tartib oʻrnatmoqchi
Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mamlakatdagi suv havzalarida motorli (ichki yonuv dvigatelli) va elektromotorli suv transporti vositalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishiladi. Bu haqda “Lex.uz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2025-yilning 1-mayidan boshlab tabiiy va sunʼiy suv havzalarida faqat tezlikni avtomatik pasaytirish uskunasi bilan jihozlangan (harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soatdan oshmaydigan motorli qayiqlar bundan mustasno), GPS uskunasi oʻrnatilgan hamda milliy GPS monitoring va navigatsiya tizimiga ulangan motorli va elektromotorli suv transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Vazirlar mahkamasi bunga suv havzalarida turizm xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, fuqarolar hayoti, sogʻligʻi va xavflisizligini taʼminlash hamda suv resurslari ifloslanishining oldini olish, ulardan oqilona foydalanishni yoʻlga qoʻyish sabab ekanligini bildirgan.
Maʼlum qilinishicha, suv transport vositalarining ruxsat etilgan harakatlanish maksimal tezligi 40 kilometr/soat, kemalar toʻxtash joylari hamda aholi turar joylari chegaralarida — 20 kilometr/soat, plyajlar va aholining ommaviy dam olish joylari chegaralarida esa — 5 kilometr/soat etib belgilanadi.
Avvalroq, Oʻzbekistonda internet tarmogʻiga ulangan abonentlar soni qanchaligi ochiqlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring